Saudiya Arabistoni haj va umraga yangi tibbiy talablarni joriy qildi

Foto: Rustic Pathways
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Saudiya Arabistoni 2026-yilgi haj mavsumidan boshlab ziyoratchilar uchun yangi sog‘liqni saqlash talablari joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqda Musulmonlar ijodarasi xabar bermoqda.

Endilikda haj yoki umra safariga chiqish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik haqidagi rasmiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiy bo‘ladi. Bu jarayon Nusuk raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi.

Qirollik sog‘liqni saqlash vazirligi barcha haj tashkilotlariga ziyoratchilarni chuqur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni majburiy shart sifatida belgiladi. Ushbu chora ziyoratchilarning sog‘lig‘ini himoya qilish va haj marosimlarini xavfsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoki elektron sog‘liq sertifikatini olmagan shaxslarga haj vizasi berilmaydi. Shuningdek, buyrak yoki yurak yetishmovchiligi, jigar sirrozi, surunkali o‘pka kasalliklari, faol infeksiya, ruhiy kasalliklar, demensiya yoki faol bosqichdagi onkologik kasalliklarga ega ziyoratchilar safarga qo‘yilmaydi.

Alohida tarzda, homiladorlikning kech bosqichida bo‘lgan ayollar uchun ham haj va umra safarida qatnashish taqiqlanadi. Saudiya Haj vazirligi, agar kimdir soxta tibbiy ma’lumot taqdim etsa, unga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini eslatdi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.