Shavkat Mirziyoyev 24-oktabr kuni Belgiyaga tashrif buyuradi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 24-oktabr kuni Bryussel shahriga rasmiy tashrif buyuradi. Bu haqda Euronews nashri xabar berdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (EPCA) imzolanishi rejalashtirilgan. Ushbu kelishuv siyosiy, savdo, xavfsizlik, ekologiya va barqaror rivojlanish sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Bitim O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni zamonaviy va keng qamrovli huquqiy asosda mustahkamlashga qaratilgan. Unda siyosiy islohotlar, tashqi siyosat, adliya, migratsiya, savdo va iqtisodiy rivojlanish kabi yo‘nalishlar belgilangan.

Kelishuv doirasida tomonlar demokratiya, inson huquqlari, qonun ustuvorligi va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi.

Qaynoq24.uz nashri Saudiya Arabistoni haj va umraga yangi tibbiy talablarni joriy qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.