Krishtianu Ronaldu yangi soch turmagi bilan mashg‘ulotlarga qaytdi

Foto: Krishtianu Ronaldu instagram sahifasi
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Portugaliya terma jamoasi sardori va «Al Nassr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ar-Riyoddagi mashg‘ulotlarga yangi qiyofada qaytdi. Futbolchi rasmlarini instagramdagi sahifasi orqali ulashdi.

Yangi imij Ronaldu uchun navbatdagi o‘zgarish bo‘lib, u odatda bu kabi holatlar bilan o‘z faoliyatidagi yangi bosqichni boshlab berishini bildiradi.

Krishtianu Ronaldu
Foto: Krishtianu Ronaldu instagram sahifasi
Krishtianu Ronaldu
Foto: Ronaldu instagram sahifasi

Futbol muxlislari eslab qolishicha, Ronaldu 2020-yilda «Yuventus» safida o‘ynagan davrida ham shunga o‘xshash soch uslubida maydonga tushgan edi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 1985-yilda Portugaliyada tug‘ilgan va 17 yoshida «Sporting» tarkibida debyut qilgan. 2003-yilda u “Manchester Yunayted”ga o‘tib, tez orada jahon yulduziga aylandi. Klub bilan 3 marta Angliya chempioni va bir marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Krishtianu Ronaldu
Foto: Ronaldu instagram sahifasi
Krishtianu Ronaldu
Foto: Ronaldu instagram sahifasi

2009-yilda Ronaldu «Real Madrid»ga 94 mln yevroga transfer qilinib, o‘sha davrda dunyodagi eng qimmat futbolchi bo‘lgan. Madridda u 450 gol urib, klub tarixidagi eng samarali o‘yinchiga aylandi.

Krishtianu Ronaldu
Foto: Ronaldu instagram sahifasi

U 5 karra «Oltin to‘p» sohibi, 100 dan ortiq xalqaro gol urgan ilk yevropalik futbolchi. 2023-yildan beri Saudiya Arabistonidagi «Al Nassr» klubi sharafini himoya qilmoqda. Uning Al Nassrдаги yillik maoshi taxminan 208,4 mln yevroni ($225 mln) ni tashkil etadi.

Ronaldu maydondagi qat’iy intizomi, mashg‘ulotlardagi fidoyiligi va o‘ziga xos raqobat ruhi bilan tanilgan.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.