O‘zbekistonga Qirg‘izistondan mineral suv importi keskin oshirildi. Joriy yilning sakkiz oyida mamlakat 905,2 ming litr qirg‘iz mineral suvini xarid qilgan. Tazabek mahalliy nashrining ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,9 barobarga ko‘pdir.
Qirg‘izistonning mineral suv eksportining yarmidan ko‘pi O‘zbekistonga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan birga, Qozog‘iston ikkinchi o‘rinda turib, bu mamlakatga eksport hajmi 45,4 foizga kamayib, 763,7 ming litrni tashkil etdi.
Qirg‘iziston mineral suvi shuningdek AQSh, BAA, Malayziya, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya va Irlandiyaga ham yetkazib berilgan.
Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston bozorida tabiiy va sifatli ichimlik suviga talab oshgani qirg‘iz mahsulotlariga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirmoqda.

