Toshkentda Cobalt bilan to‘qnashgan Lacetti avtomobili yonib ketdi — video

Foto: "Qalampir"
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

21-oktabr kuni soat 00:10 da Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lacetti va Cobalt rusumli avtomobillar to‘qnashgan. Zarba natijasida Lacetti avtomobili to‘liq yonib ketgan.

Hodisa joyiga tez yordam va yong‘in xavfsizligi xodimlari yetib kelgan. Cobalt yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Video: «Qalampir.live» telegram kanali

Mazkur voqea yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz internet nashri avvalroq Yashnobodda Chery avtomobili Malibu-2 ustiga chiqib ketgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.