Yangi Zelandiyada 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq joriy etilishi mumkin

Foto: Unsplash
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Yangi Zelandiya parlamenti 16 yoshdan kichiklar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklashga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qiladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Taklif etilgan qonun loyihasiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarning yoshini tekshiruvchi tizimni joriy etishi kerak bo‘ladi. Ushbu mexanizm Avstraliya 2024-yilda qabul qilgan dunyodagi ilk o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlari taqiqi qonuniga o‘xshash tarzda ishlab chiqiladi.

Qonun loyihasi milliy partiya deputati Ketrin Vedd tomonidan may oyida taqdim etilgan va parlamentda ko‘rib chiqish uchun tanlangan. Partiya a’zolari uni qo‘llab-quvvatlagan, biroq koalitsiya hamkorlari hali o‘z pozitsiyasini bildirmagan.

Parlament qo‘mitasi esa hozirda ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar psixologiyasiga ta’siri va bu borada hukumat, biznes hamda jamiyatning mas’uliyatini o‘rganmoqda. Hisobot 2026-yil boshida e’lon qilinadi.

Bosh vazir Kristofer Lakson ham so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardan ortiqcha foydalanish o‘smirlarning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir qilayotgani, ayniqsa soxta ma’lumotlar, kiberbulling va tanaga oid zararli tasvirlar kuchayayotganini ta’kidlagan.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.