La Liga: “Real” “El-klasiko”da “Barselona”ni 2:1 hisobida yengdi

Foto: Reuters
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

“Santiago Bernabeu” stadionida “Real” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Natija bilan madridliklar jadvalda yetakchilikni mustahkamladi. Ular 27 ochko bilan “Barselona”dan 5 ochkoga oldinga chiqib oldi.

el klassiko
Foto: Reuters

Hisobni 22-daqiqada Kilian Mbappe ochdi. Unga pasni Jud Bellingem berdi. 38-daqiqada Fermin Lopes hisobni tenglashtirdi. 43-daqiqada Bellingem “Real”ga g‘alaba keltirdi.

Ikkinchi bo‘limda Mbappe penalti tepdi. Uni “Barselona” darvozaboni Voytsex Shchesni qaytardi.

el klassiko
Foto: Reuters

Uchrashuv oxirlarida taranglik kuchaydi. “Barselona” yarim himoyachisi Pedri ikkinchi sariqdan keyin maydondan chetlatildi.

Uchrashuvga hakam Sesar Soto Grado boshchilik qildi.

“El klasiko” nima uchun muhim?

“El klasiko” deganda odatda Ispaniya futbolida “Real Madrid” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi raqobat tushuniladi. Bu nafaqat ikki klub o‘rtasidagi oddiy o‘yin, balki madaniy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan ham chuqur ildiz otgan voqeadir.

Birinchi “El klasiko” 1902-yil 13-may kuni “Copa de la Koronasion” musobaqasi doirasida o‘tkazilgan. O‘sha uchrashuv keyinchalik butun dunyoda mashhur bo‘lgan katta futbol an’anasi boshlanishiga sabab bo‘lgan.

1929-yildan boshlab, Ispaniyada oliy liga — “La Liga” tashkil etilgach, “Real” va “Barselona” deyarli har mavsumda maydonda to‘qnash kela boshladi.

“El klasiko” so‘zi ispanchadan “klassik uchrashuv” degan ma’noni anglatadi. Bu o‘yin futbol tarixidagi eng muhim raqobatlardan biri sanaladi, chunki u nafaqat sport jihatdan, balki mintaqaviy va siyosiy ramz sifatida ham qaraladi.

Bugunga kelib, “Real Madrid” va “Barselona” turli musobaqalarda 260 martadan ortiq uchrashgan. Bu bellashuvlar doimo katta qiziqish uyg‘otadi, dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar uni kuzatadi. “El Klasiko” — bu shunchaki futbol emas, balki tarix, faxr va g‘alaba ramzi hisoblanadi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.