Qaynoq24 Telegramda kuzating

Komil Allamjonov O‘zbekiston fuqarolari uchun 10 yillik AQSh vizalarini joriy etishni taklif qildi

Foto: Allamjonov telegram kanali
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Prezident administratsiyasi rahbari maslahatchisi Komil Allamjonov AQShga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston fuqarolari uchun B1/B2 vizalarining amal qilish muddatini 1 yildan 10 yilga uzaytirishni taklif qildi. Uning aytishicha, bu qadam ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashi mumkin.

“Allaqachon aytganmiz: O‘zbekiston AQSh sayyohlari uchun ochiq. Bemalol kelaveringlar. Vizalar muddati 10 yil bo‘lsa, hamkorlik yangi darajaga chiqadi,” — deya qayd etgan Allamjonov.

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau taklifni iliq qarshi oldi. Uning ta’kidlashicha, bu tashabbus Amerika sayohat bozorining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini keskin oshirishi mumkin.

Reklama
Qaynoq24 Instagramda kuzating

“Bu ajoyib yangilik. U O‘zbekistonning Amerika turizmi uchun ulkan salohiyatini ochib beradi,” — degan Landau.

Qaynoq24.uz nashri O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay xizmatlari ishga tushirilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.