Urganch shahrida Cobalt va Damas ishtirokida YTH yuz berdi — video

Foto: Videodan ekran tasviri
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

9-noyabr kuni Urganch shahrida Cobalt va Damas ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda Xorazm YHXB xabar bermoqda.

Hodisa Urganch shahri Honqa, Tinchlik, Sayot ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Voqeada Cobalt va Damas avtomobillari jiddiy shikastlangan. Jarohat olganlar yo‘q.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Urganch shahara YHB tomonidan tekshiruv olib borilmoqda. Boshqarma haydovchilardan yo‘llarda shoshilmaslikni va yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni so‘ramoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz internet nashri Toshkentda Cobalt bilan to‘qnashgan Lacetti avtomobili yonib ketgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.