Qaynoq24 Telegramda kuzating

Jizzaxda FVV bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi

Foto: Jesus Monroy Lazcano / Unsplash
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Jizzax viloyatidagi tumanlardan birida Favqulodda vaziyatlar (FVV) bo‘limi boshlig‘i pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, u o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, 2025-yil sentabr oyida mahalliy tadbirkorning qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uy loyihasini tasdiqlab berish evaziga $200 olgan.

Reklama
Qaynoq24 Instagramda kuzating

Oradan ko‘p o‘tmay, shu tadbirkor aholiga qulaylik yaratish maqsadida xuddi shu joy yaqinida xususiy maktab qurish uchun loyiha hujjatlarini tasdiqlatmoqchi bo‘ladi. Bu safar mansabdor shaxs undan 6 mln so‘m talab qiladi.

DXX va prokuratura xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda, tuman FVV bo‘limi boshlig‘i so‘ralgan pulni turmush o‘rtog‘i orqali olayotgan vaqtda ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “a” va “v” bandlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qaynoq24.uz nashri Samarqand va Qashqadaryoda yer sotish bo‘yicha noqonuniy holatlar aniqlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.