Markaziy bank tomonidan 12-noyabr uchun oltin quymalarining sotuv narxlari yangilandi. Unga ko‘ra, 5 grammli quymaning narxi 8 203 000 so‘m etib belgilandi.
10 grammli quymani 16 406 000 so‘m, 20 grammli quymani 32 811 000 so‘m, 50 grammli quymani esa 82 028 000 so‘mga xarid qilish mumkin. Shuningdek, 100 grammli quyma uchun 164 057 000 so‘m narx belgilangan.
| Oltin og‘irligi | Narxi (so‘mda) |
|---|---|
| 5 gramm | 8 203 000 so‘m |
| 10 gramm | 16 406 000 so‘m |
| 20 gramm | 32 811 000 so‘m |
| 50 gramm | 82 028 000 so‘m |
| 100 gramm | 164 057 000 so‘m |

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, ushbu narxlar xalqaro qimmatbaho metallar bozori holatiga qarab kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Oltinning global bozordagi narxi qanday?
Jahon bozorida oltinning bir unsiyasi $4 119,86 bo‘lib, kunlik o‘sish $109,38 yoki 2,65%ni tashkil etdi.
Kumush narxi esa $50,49 bo‘lib, $1,92 (+3,80%) ga oshdi. Oltin va kumush o‘rtasidagi nisbat 81,59 birlikni tashkil etdi, bu esa 1,19% kamayganini ko‘rsatadi.
So‘nggi 6 oy ichida oltin narxi $869,93 (+26,81%), bir yil ichida esa $1 533,02 (+59,39%) ga oshgan. Oxirgi 20 yilda esa oltinning o‘sish darajasi +777,89% ni tashkil qilgan.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 12-noyabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

