Krasnogorskdagi bino qulab yuzta mashinaga zarar yetdi

Foto: "Izvestya"
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Rossiyaning Krasnogorsk shahrida joylashgan sobiq “Snezhkom” tog‘ chang‘i majmuasini buzish jarayonida inshootning qismlari qulab, yo‘l va avtoturargohdagi yuzta mashinaga zarar yetkazdi. Bu haqda mahalliy “Fontanka” nashri xabar bermoqda.

Moskva viloyati prokuraturasi ma’lum qilishicha, binodan deyarli hech narsa qolmagan. Bugun ertalab tayanch minoraning navbatdagi qismi qulagan va yaqin joydagi mashinalar ustiga tosh hamda qurilish chiqindilari tushgan.

Foto: TASS

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobillarga jiddiy zarar yetmagan. TASS xabariga ko‘ra, hodisa joyida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ishlamoqda. Ular qulagan konstruksiya elementlari sababli yopilgan yo‘l qismini nazorat qilmoqda. Avtomobil egalari esa o‘z mulkiga yetgan zararni baholash uchun maydonga kelgan.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Ma’lumki, bu joyda bunday holatlar birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. Ushbu binoni buzish ishlari uch yildan beri davom etmoqda va shu vaqt ichida bir kishi halok bo‘lgan, bir necha ishchi jarohat olgan. 2023-yilda esa majmua hududida minorali kran qulab tushib, karnaysoz jarohat olgan, yonidagi qozonxonaning tomi esa shikastlangan. Mahalliy aholi esa qurilish paytida kelayotgan kuchli shovqinlardan muntazam shikoyat qilib keladi.

Eslatib o‘tamiz, Qaynoq24.uz Samara viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodida portlash yuz bergani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.