AQShda rekord davom etgan 43 kunlik shautdaun yakunlandi

Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp federal hukumatni qayta moliyalashtirish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda DW xabar bermoqda. Shu bilan mamlakat tarixidagi eng uzoq davom etgan shautdaun nihoyasiga yetdi.

Qonun 30-yanvargacha hukumat ishini moliyalashtirishni davom ettiradi. Hujjat avval Senat, so‘ng Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan. Vakillar palatasida 222 kongressmen qo‘llagan bo‘lsa, 209 nafari salbiy ovoz bergan.

Uzoq davom etgan tanaffus federal budjed bo‘yicha respublikachilar va demokratlar o‘rtasidagi kelishmovchilikdan kelib chiqqan edi. Natijada 750 mingga yaqin davlat xizmatchisi maosh to‘lanmasdan majburiy ta’tilga chiqarilgan. Faqat hayotiy zarur xizmatlar — aviatsiya dispetcherlari, politsiya, chegarachilar va shoshilinch tibbiy yordam xodimlari ishda qolgani qayd etilgan.

Axios xabariga ko‘ra, shautdaun tufayli NATO ittifoqchilariga yuborilishi kerak bo‘lgan $5 mlrddan ortiq qurol-aslaha yetkazib berish kechiktirilgan.

Yakuniy murosa ikki partiya o‘rtasidagi kelishuv asosida shakllandi. Asosiy kelishuv tibbiy sug‘urta bo‘yicha soliq imtiyozlariga taalluqli. Shuningdek, majburiy ta’tilga chiqarilgan xodimlar ishga qaytariladi va ularga to‘lanmay qolgan maosh to‘liq to‘lab beriladi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri AQSh Senati eng uzoq davom etgan hukumat bloklanishini tugatish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.