Qirg‘izistonda 18 yoshli qiz uni o‘pgan yigitning tilini uzib oldi

Foto: Jalolobod viloyat ichki ishlar boshqarmasi
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Qirg‘izistonning Manas shahrida 18 yoshli qiz uni o‘pgan yigitning tilini uzib oldi. Bu haqda mahalliy 24.kg nashri xabar bermoqda.

26 yoshli yigit qisman uzilgan tili va pastki labining bir bo‘lagi bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u olgan jarohat 18 yoshli tanishi bilan bo‘lgan o‘pish vaqtida sodir bo‘lgan.

Jalolobod viloyati IIB xabariga ko‘ra, hodisa 8-noyabr kuni bo‘lgan. Jabrlangan yigit o‘zi shifoxonaga kelgan, shifokorlar esa darhol jarrohlik yordamini ko‘rsatgan. Til va labdan ajralgan qismlar qayta tikilgan, bemorning holati barqaror ekani aytilmoqda.

Foto: Jalolobod viloyat ichki ishlar boshqarmasi

Jarrohlik bo‘limi mudiri Almaz Abdildaevning aytishicha, yigitning tilining taxminan 30 foizi va pastki labining 40 foizi uzilgan. Tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, ikki yosh to‘y marosimida bo‘lishgan va spirtli ichimlik iste’mol qilishgan. Keyinchalik o‘pish vaqtida qiz uning tili va labini tishlab olgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa ishtirokchilari ruhiy sog‘lom. Sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan, voqea bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Qirg‘izistonda ayollarga zo‘ravonlik uchun jazo

Sentabr oyida 17 yoshli qiz Oysuluv Mukashevaning zo‘rlanishi va o‘ldirilishi bilan bog‘liq fojiali voqeadan so‘ng, ayrim siyosatchilar Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish taklifini ilgari surishdi. Unga ko‘ra, voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘rlash va o‘ldirish jinoyatlari uchun o‘lim jazosi qayta tiklanishi, shuningdek, Qirg‘iziston protokoldan chiqishi mumkin.

Mamlakat ayollarga zo‘ravonlik uchun o‘lim jazosini qaytarmoqchi. Qaynoq24.uz nashri BMT Qirg‘izistonga o‘lim jazosi qaytarmasligini tavsiya qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.