Chiroqchida fuqarodan 21 kgga yaqin giyohvandlik vositasi topildi

Foto: "Xavfsizlik"
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Qashqadaryo viloyati Chiroqchida fuqarodan 21 kg ga yaqin giyohvandlik vositasi topildi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

DXX viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi. Tadbir davomida 1981-yilda tug‘ilgan, avval ikki marta sudlangan shaxsning uyi ko‘zdan kechirildi. Uyning ichida uch dona sintetik qopda saqlangan 20 kg 658 gr marixuana borligi aniqlandi va rasmiy tartibda olib qo‘yildi.

Aniqlanishicha, fuqaro ushbu moddani keyinchalik sotib, oson daromad topmoqchi bo‘lgan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud unga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘lladi.

Mazkur modda bo‘yicha 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Toshkentda shifokor retseptisiz kuchli ta’sir qiluvchi dori sotgan dorixonalar aniqlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.