Kim Kardashianning boyligi 1,9 mlrd dollarga yetdi

Foto: CNN
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Amerikalik mashhur teleyulduz Kim Kardashianning boyligi 1,9 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Skims kompaniyasi qo‘shimcha 225 mln dollar investitsiya oldi. So‘nggi kelishuvdan keyin brendning umumiy qiymati 5 mlrd dollarga yetdi.

“Biz Skimsni yangi bosqichga olib chiqishni kutyapmiz. Innovatsiya davom etadi va sanoat uchun yangi standartlar belgilaymiz”, — degan Kim Kardashian.

Uning asosiy boyligi Skims bilan bog‘liq bo‘lsa-da, Kardashian biznesini kengaytirishda davom etmoqda. U yaqinda Coty kompaniyasining SKKN By Kim brendidagi ulushini to‘liq sotib oldi.

Kim Kardashian aslida kim?

Foto: Ochiq manbalar

Kim Kardashian — Amerika mashhuri, media shaxs va yirik biznes ayol. U 2000-yillar o‘rtalarida ommaga tanila boshlagan, keyinchalik esa “Keeping Up with the Kardashians” realiti-shousi orqali butun dunyoda mashhur bo‘lgan. Kim hozir dunyodagi eng muvaffaqiyatli tadbirkorlardan biri hisoblanadi. U Skims nomli korektiv kiyim va liboslar brendining hammuassisi, shuningdek, SKKN By Kim teri parvarishi brendining asoschisidir. Uning boyligining katta qismi aynan Skims orqali shakllangan. Kardashian moda, go‘zallik va media sanoatlarida katta ta’sirga ega bo‘lgan shaxs sifatida tanilgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Uorren Baffett 1,3 mlrd dollarni xayriya qilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.