Nurafshon shahrida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Departamentning Nurafshon shahri bo‘limi va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.A. qo‘lga olindi.
U “Malibu” rusumli avtomashinada jami 2 740 quti, umumiy bahosi 41,5 mln so‘mlik, chet elda ishlab chiqarilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shahrida sotish maqsadida olib kelayotganda ushlangan.
Noqonuniy mahsulotlar ashyo dalil sifatida olindi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186–1-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Kо‘kdala tumanida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqaruvchi yashirin sex aniqlangani haqida yozgan edi.

