Emma Stoun dunyodagi eng go‘zal ayol deb topildi

Foto: Grazia
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Aktrisa Emma Stoun dunyodagi eng go‘zal ayol deb topildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Yangi tadqiqotga ko‘ra, aktrisa Emma Stoun Yunonlarning “Oltin nisbat” (Golden Ratio) formulasi bo‘yicha dunyodagi eng go‘zal ayol deb topildi. U 94,72 foizlik natija bilan jismoniy mukammallik mezoniga eng yaqin ayol sifatida qayd etildi.

Londonning Advanced Facial Cosmetic Surgery markazi rahbari Dr Julian De Silvaning aytishicha, Emma Stounning qoshlar, lablar va jag‘ chizig‘i nisbatlari idealga juda yaqin.

Foto: Britannica

Tadqiqot kompyuter yordamida yuz chizgilari va nisbatlarini tahlil qilish orqali o‘tkazilgan. Usul qadimgi yunonlar ishlab chiqqan Oltin nisbatga asoslanadi. Bu formula insondagi chiroy mezonini 1,618 raqamiga yaqinlik orqali o‘lchaydi. Leonardo da Vinchi ham Vitruvian Man asarida shu nisbatdan foydalangan.

Getty images

Reytingdagi boshqa mashhurlar

Emma Stoundan keyin ikkinchi o‘rinda Zendaya (94,37 foiz) qayd etildi. Doktor De Silvaning ta’kidlashicha, Zendayaning lablari 99,5 foiz, ko‘zlari 97,3 foiz, peshonasi 98 foiz ko‘rsatkich bilan deyarli mukammal.

Uchinchi o‘rinni Freida Pinto (94,34 foiz) egalladi. Keyingi o‘rinlarda:

  • Vanessa Kirby – 94,31 foiz
  • Jenna Ortega – peshonasi bo‘yicha eng yaxshi natija (99,6 foiz)
  • Olivia Rodrigo – 93,71 foiz
  • Margot Robbie – 93,43 foiz
  • Aishvarya Rai Bachchan
  • Tang Wei
  • Beyoncé

Eslatib o‘tamiz, Qaynoq24.uz nashri Kim Kardashianning boyligi 1,9 mlrd dollarga yetgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.