Har yili sil kasalligidan 1,2 milliondan ortiq odam vafot etmoqda

Foto: Unsplash
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

O‘tgan yili sil kasalligi tufayli 1,2 milliondan ko‘proq odam hayotdan ko‘z yummoqda. Bu haqda Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti hisobotida aytildi. 2024-yilda 10,7 million odam ushbu dardga chalingan.

JSSTning 2025-yilgi global hisobotida aytilishicha, dunyoda kasallik va o‘limlar sekin kamayib bormoqda. Ammo moliyalashtirishning to‘xtab qolishi va davolanishga teng kirish imkoniyati yo‘qligi yillar davomida erishilgan natijalarni xavf ostiga qo‘ymoqda.

2023–2024-yillarda sil kasallanishi qariyb 2 foizga, o‘limlar esa 3 foizga kamaygan. Bu COVIDdan keyin tibbiy xizmatlar tiklanayotganini ko‘rsatadi. Afrika mintaqasida 2015-yildan beri kasallanish 28 foizga, o‘limlar esa 46 foizga qisqargan. Yevropada bu ko‘rsatkich yanada yuqori.

Shu bilan birga, 2024-yilda aniqlangan yangi holatlarning 87 foizi atigi 30 davlatga to‘g‘ri keldi. Hindiston, Indoneziya va Filippin kabi sakkizta mamlakat global holatlarning uchdan ikki qismini tashkil qiladi.

2024-yilda 8,3 million odam silga chalinib, davolanishni boshlagan. Bu kasallanganlarning 78 foizi demakdir. Tezkor diagnostika ulushi bir yilda 48 foizdan 54 foizga oshgan.

Eng katta muammo — pul. JSST ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda sil profilaktikasi, tashxisi va davolash uchun bor-yo‘g‘i 5,9 mlrd dollar ajratilgan. Bu 2027-yil uchun belgilangan 22 mlrd dollar maqsadning chorak qismi xolos.

Moliyalashtirish qisqarsa, 2035-yilgacha yana 2 million odam vafot etishi, 10 million yangi holat aniqlanishi mumkin.

JSST global majburiyatni kuchaytirishga, ichki investitsiyalarni oshirishga va ilmiy izlanishlarni jadallashtirishga chaqirgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri G‘azoda halok bo‘lganlar soni 69 mingdan oshgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.