Maryam Tillayeva yana “qovun tushirdi”

Foto: Tillayeva instagram sahifasi
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Mashhur bloger va O‘zbekistonning birinchi prezidentining nabirasi Maryam Tillayeva intervyusidan keyin tanqidga uchradi. Bu haqda Showbiz.uz nashri ma’lum qildi.

U bir intervyusida o‘zbeklar “g‘iybat qilishni yoqtiradi” degan fikrni aytgan. Bloger bu holatni “gap” bilan izohlagan.

Tillaeva instagram sahifasi

“Bizda bu gap deb ataladi. Odamlar to‘planadi. Qo‘shnidan tortib yulduzlarga qadar hammani muhokama qiladi. Shunchaki g‘iybat qilib, choy ichadi”, — degan Tillayeva.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu so‘zlar keskin e’tirozga sabab bo‘lmoqda. Foydalanuvchilar g‘iybat faqat o‘zbeklarga xos emas, hamma yerda borligini ta’kidladi. Ba’zilar uning uzoq yillar chet elda yashaganini eslatib, o‘zbeklar haqida bunday hukm chiqarishga haqqi yo‘qlini bildirdi.

Bu Maryam Tillyayevaning O‘zbekiston mavzusidagi ilk mojaro emas. Avvalroq u qatnashgan “Master igri” shousida O‘zbekistonni tez-tez tilga olgani uchun ham tanqid qilingan edi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri bloger Husnora Shadiyeva homiladorlik haqidagi mish-mishlarni rad etgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.