740 million so‘mlik noqonuniy oltin savdosi to‘xtatildi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tezkor tadbir davomida 740 million so‘mlik noqonuniy oltin savdosi to‘xtatildi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Tadbir davomida Navoiy va Samarqand viloyatlarida yashovchi, 1982, 1984 va 1996 yillarda tug‘ilgan uch kishi qonunga xilof ravishda oltin sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi. Ular jami og‘irligi 475 gramm bo‘lgan ikki bo‘lak oltin quyma­larni 737 mln so‘mga sotishga kelishib, xaridordan 500 mln so‘m olgan paytida qo‘lga olingan.

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga ko‘ra, 994 asillikdagi ushbu oltinning sof og‘irligi 472 gramm bo‘lib, umumiy qiymati 740,4 mln so‘mni tashkil etadi. Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olinganlarning ikki nafari avval sudlangan, ulardan biri esa hozirda axloq tuzatish ishlari jazosi­ni o‘tamoqda bo‘lgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Qo‘lbola alkogol mahsulotlari savdosi to‘xtatilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.