O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida qanday kelishuvlar imzolandi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Serdar Berdimuhamedov muzokaralardan so‘ng qo‘shma bayonot imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tomonlar eng avvalo chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va favqulodda vaziyatlar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bitimlar kuchga kirdi. Xalqaro avtomobil tashuvlariga oid hukumatlararo bitimga ham yangilangan o‘zgartirishlar kiritildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Adliya va madaniyat vazirliklari 2026–2027-yillar uchun alohida hamkorlik dasturlarini tasdiqladi. Neft mahsulotlari va suyuq kimyoviy yuklarni tashish uchun temir yo‘l vagonlarini yetkazib berish bo‘yicha memorandum imzolandi. Biologik xavfsizlikni ta’minlash borasida ham o‘zaro anglashuvga erishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentiga qarashli bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari va Turkmanistonning tegishli muassasalari o‘rtasida ekspertlar kengashini tuzish, huquqiy siyosat hamda davlat boshqaruvi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish to‘g‘risida memorandumlar qabul qilindi. O‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishida 2026–2030-yillarni qamrab oluvchi “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Viloyatlar darajasida ham yangi kelishuvlar imzolandi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari Lebap viloyati bilan, Toshkent viloyati Axal viloyati bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi esa Toshhovuz viloyati bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Qozog‘iston Prezidenti Toshkentda kutib olingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.