Honor yangi Honor 500 seriyasining 24-noyabr kuni Xitoyda namoyish etilishini tasdiqladi. Bu haqda brend saytida ma’lum qilindi.
Kompaniya liniyaga ikki model kirishini aytgan. Ular 500 va 500 Pro modellaridir. Dizayn allaqachon ko‘rsatildi. Unda iPhone Air uslubidagi gorizontal kamera bloki va tekis orqa panel bor.
To‘liq texnik ma’lumotlar hali e’lon qilinmagan. Ammo insayderlar ikki modelning asosiy afzalliklari haqida bir nechta detallarni oshkor qildi. Ularning aytishicha, Honor 500 seriyasi kamerasi va unumdorligi bilan raqobatchilar fonida ajralib turadi.
Noyabr oxiri smartfon taqdimotlari uchun eng faol davrga aylanmoqda. Huawei Mate 80 seriyasini, Poco esa Poco F8 liniyasini taqdim etadi. OnePlus ham Snapdragon 8 Gen 5 asosidagi dunyodagi ilk smartfonini chiqarishni va’da qilgan.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Samsung Galaxy smartfonlari uchun yangi imkoniyat taqdim etilgani haqida yozgan edi.

