Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga STEM ta’limi uchun 100 mln dollar kredit ajratadi

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonga STEM ta’limi uchun 100 mln dollar kredit ajratadi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar bermoqda.

17-noyabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Masato Kanda bilan uchrashdi. Uchrashuvda ISSV vaziri o‘rinbosari Akram Aliev ham qatnashdi. Tomonlar O‘zbekiston bilan OTB o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlikni eslab o‘tdi. Ular natijalar va kelgusidagi rejalarni muhokama qildi.

Hamkorlik transport, energetika, suv ta’minoti va ta’lim yo‘nalishlarida rivojlanayotgani ta’kidlandi. O‘zbekiston tomoni aholining hayot sifatini oshirishga qaratilgan loyihalardagi ko‘magi uchun OTBga minnatdorlik bildirdi.

2026-yil may oyida Samarqandda bo‘ladigan OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rildi. Ushbu jarayonni muvofiqlashtirish uchun qo‘shma yo‘l xaritasi tasdiqlash taklifi ilgari surildi.

Uchrashuvda moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish, iqtisodiy zonalar infratuzilmasini rivojlantirish, ayollar va yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlash kabi tashabbuslar muhokama qilindi. Shuningdek, eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni rag‘batlantirish va 2026–2030-yillar uchun yangi Hamkorlik dasturi bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida maktablarda STEM-ta’limni yangilashga qaratilgan “O‘rta ta’limda STEM” loyihasi bo‘yicha 100 mln dollar kredit kelishuvi imzolandi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri OTB O‘zbekistonga ta’lim tizimini rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.