Abbosbek Fayzullayev tez orada uylanadi

Foto: UFA
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Bashakshehir” klubi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev oila qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi o‘yin sharhi vaqtida ma’lum qilindi.

Sharh davomida Davron Fayziyev misrlik futbolchi Omar Marmush to‘y arafasida bo‘lgani uchun o‘yinda qatnasha olmaganini aytgan. Shundan so‘ng Zuhriddin Qilichev Fayzullayev ham xuddi shu vaziyatda ekani, ya’ni uylanayotganini bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining unashtirilgan kelini Namangan viloyatining Chust tumanidan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalar haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.