Toshkent shahri Chilonzorda BYD yo‘l-transport hodisasi oqibatida yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahri FVB xabar bermoqda.
Chilonzor tumanida 19-noyabr kuni kechqurun elektromobil yonganiga oid xabar qayd etildi. Soat 22:58 da «Dilobod» MFY, 6-dahadan Toshkent shahar FVBga mashina yonayotgani haqida murojaat tushdi.
Qutqaruv guruhlari manzilga soat 23:04 da yetib bordi. Yong‘in tezkor o‘chirilib, soat 23:06 da to‘liq bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Andijonda sobiq IIB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.
Ilgarigi profilaktika katta inspektori lavozimida faoliyat yuritgan va 2025-yil 7-noyabrdagi buyruqqa muvofiq ichki ishlar organlari tizimidan qurolli kuchlar zahirasiga o‘tkazilgan S.A. o‘zining “Neksiya-3” avtomobilida “Shahrixon” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan payt boshqaruvni yo‘qotgan.
Avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, shu tirqishdan harakatlanayotgan skuterni urib yuborgan. Skuter boshqaruvchisi — 1972-yilda tug‘ilgan J.M. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa natijasida har ikki transport vositasiga texnik shikast yetgan.

