JHM jurnalida e’lon qilingan yangi tadqiqotga ko‘ra, Sharja universiteti olimlari sarimsoq piyoz ekstrakti og‘iz bo‘shlig‘idagi zararli mikroblarni bostirishda xlorgeksidinga teng darajada ta’sir ko‘rsatishini aniqladi.
Sarimsoqdagi asosiy faol modda — allitsin — kuchli antibakterial xususiyatga ega. Tadqiqot mualliflari uning ta’siri nafaqat samarali, balki xlorgeksidinga qaraganda uzoqroq davom etishini aytadi. Xlorgeksidin esa ko‘p yillardan beri stomatologiyada qo‘llanadigan vosita bo‘lsa-da, u ta’m sezgisini o‘zgartirishi, tishlarni rangini bo‘yashi va mikroblarning unga chidamli bo‘lishi kabi salbiy oqibatlarga ega.
Sarimsoq eritmasining asosiy kamchiligi — uning o‘ziga xos hidi va ba’zan paydo bo‘ladigan achish hissi. Shu sababli buni muntazam qo‘llash ba’zi bemorlar uchun qiyin bo‘lishi mumkin.
Tahlil natijalari nimalarni ko‘rsatdi?
Olimlar beshta klinik tadqiqotni o‘rgangan. Ularda turli konsentratsiyadagi sarimsoq eritmalari xlorgeksidin bilan solishtirilgan. Bir qator holatlarda sarimsoq hatto bakterialarni kamaytirishda kimyoviy analogdan ustun kelgan, biroq bunga yuqori konsentratsiya talab qilingan.
Mutaxassislar sarimsoq eritmasi shifokor tavsiyalarini to‘liq almashtira olmasligini ta’kidlaydi. Biroq kimyoviy antiseptiklardan foydalanish mumkin bo‘lmagan vaziyatlarda u tabiiy alternativa sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Oldinroq olimlar rosemary kislotasi yaralarning bitishini chandiq qoldirmay tiklaydigan rejimga o‘tkazishi mumkinligini ham aniqlagan edi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Ichak saratoni xavfini oshiruvchi taomlar ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.


Chesnok foyda ekan-da