Kadastr agentligining sobiq deriktori Farrux Pulatov Soliq qo‘mitasi rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori qabul qilindi.
Shuningdek, avval Soliq qo‘mitasiga rahbarlik qilgan Sherzod Kudbiyev yangi tashkil etilgan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasiga rais etib tayinlandi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 2026-yildan boshlab tabiatga zarar yetkazish uchun kompensatsiya to‘lovlaridan ozod qilish bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotishi haqida yozgan edi.
Ekopolitsiya xodimlariga yangi vakolatlar beriladi. Ular jismoniy kuch ishlatishi, maxsus vositalardan — elektroshok qurilmalari, to‘r otuvchi moslamalar va rezina o‘qli xizmat qurolidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, xodimlarning maxsus kiyimiga bodi kamera o‘rnatiladi.
2026-yil 1-apreldan aholi punktlaridagi, o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor yer maydonlarini olib qo‘yish va boshqa maqsadlarga ajratishga jamoatchilik tashabbusi bilan taqiq qo‘yish imkoniyati joriy etiladi.

