Davlat korxonalarida mahsulot tannarxi kamaytiriladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2026-yilda davlat korxonalarida mahsulot tannarxi kamaytiriladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishning asosiy maqsadi 2026-yilda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarda mahsulot tannarxini kamaytirish va faoliyat samaradorligini oshirishdir.

Unga ko‘ra, tannarxni kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Har chorakda xarajatlarni qayta tahlil qilish va budjetni “noldan” shakllantirish shular jumlasidan. Shuningdek, tejamkor ishlab chiqarish va me’yorlash tamoyillari joriy etiladi.

Shu bilan birga, davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish masalalarini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi tuziladi. Komissiya xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda metodik yordam beradi. Debitor va kreditor qarzdorliklarni kamaytirish uchun to‘lov tizimi ham takomillashtiriladi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 2026-yildan boshlab tabiatga zarar yetkazish uchun kompensatsiya to‘lovlaridan ozod qilish bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.