Pokistonda zavoddagi portlashda kamida 15 ishchini halok qildi

Foto: The Tribune
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Pokistonning sharqidagi Faisalobod shahrida yelim ishlab chiqaradigan zavodda qozon portladi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda. Hodisa natijasida kamida 15 ishchi halok bo‘ldi. Yana 7 kishi jarohat oldi.

Mahalliy politsiya zavod menejerini qo‘lga olgan. Zavod egasi esa portlashdan so‘ng voqea joyidan qochib ketgan. Uni qidiruv ishlari davom etmoqda.

Portlash sababi hozircha noma’lum. Portlash binoni jiddiy shikastlagan. Yaqin atrofdagi uylar ham zarar ko‘rgan. Zavodda yong‘in chiqib, aholi orasida vahima yuzaga kelganini mahalliy boshqarma vakili Roja Jahongir aytdi.

Politsiya portlash bo‘yicha tergov boshlanganini bildirdi. Panjob viloyati bosh vaziri Maryam Navoz Sharif hodisa qurbonlari oilalariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga eng yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatishni buyurdi.

Pokistonda sanoat xavfsizligi past darajada ekani ko‘p yillardan beri tanqid qilinadi. 2024-yilda ham Faisaloboddagi to‘qimachilik zavodida shunga o‘xshash qozon portlashi oqibatida bir necha ishchi jarohatlangandi. O‘tgan hafta esa Karachidagi pirotexnika zavodidagi portlashda 4 kishi halok bo‘lgan edi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Meksikadagi supermarketda portlash kamida 23 kishini halok qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.