Android endi iPhone bilan fayl almasha oladi

Foto: Dennis Brendel / Unsplash
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Google Android uchun Quick Share nomli yangi funksiyani taqdim qildi. Bu funksiya iPhone foydalanuvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fayl almashishni imkon qiladi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida aytilgan.

Apple’ning AirDrop tizimi faqat o‘z qurilmalari o‘rtasida ishlaydi. Google muhandislari esa AirDrop’ga ulanib, iOS va Android o‘rtasida hech qanday cheklovlarsiz fayl uzatish yo‘lini topganini bildirdi.

Xabarga ko‘ra, Google bu funksiyani Apple bilan hamkorlik qilmasdan ishlab chiqqan. iPhone ishlab chiqaruvchisi bu holatga qanday munosabat bildirishi hozircha noma’lum.

Hozircha Quick Share krossplatforma almashinuvi quyidagi qurilmalarda ishlayapti: Pixel 10, Pixel 10 Pro, Pixel 10 Pro XL va Pixel 10 Fold.

iPhone’dan fayl qabul qilish uchun Android foydalanuvchilari o‘z qurilmasida ko‘rinish (visibility) sozlamasini 10 daqiqaga yoqishi kerak bo‘ladi. Yuborilgan hujjatlar “Files” ilovasiga saqlanadi.

Google yaqin kunlarda bu imkoniyat boshqa Android-smartfonlarga ham yetib borishini aytmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Xiaomi smartfonlarining 5 asosiy kamchiligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.