O‘zbekistonda transplantatsiya amaliyoti uchun tibbiy xulosalar berish tartibi belgilandi. Adliya vazirligi retsipientlar va donorlar bo‘yicha tibbiy xulosa berish jarayonini tartibga soluvchi nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Nizomning yangi talqini retsipient va tirik donorlarni tibbiyot muassasalarida uch oy ichida to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibini ko‘zda tutadi.
Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra transplantatsiya amaliyotiga ruxsat berish faqat Hukumatning 2024-yil 13-iyundagi 333-son qarorida ko‘rsatilgan davlat tibbiyot muassasalarining tibbiy konsiliumi tomonidan amalga oshiriladi. Konsilium retsipientga transplantatsiya zarurligini, donorga esa operatsiyaga layoqatli ekanini tasdiqlovchi yoki rad etuvchi tibbiy xulosa beradi.
Agar transplantatsiya amaliyoti insonning ko‘rish, eshitish yoki nutq qobiliyatining yo‘qolishiga, ruhiy holatning buzilishiga yoki mehnat qobiliyatining 33 foizdan ko‘proq barqaror yo‘qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, bunday holatda ham retsipient, ham donorga tibbiy xulosa berish rad etiladi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilishi haqida yozgan edi.

