AQShda DOGE idorasi muddati tugamasdan tarqatib yuborildi

Foto: Shutterstock
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp tuzgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rasmiy muddati tugashiga 8 oy qolganida yopildi. Bu idora 2026-yil iyulgacha ishlashi kerak edi.

OPM direktori Skott Kupor DOGE endi mavjud emasligini tasdiqladi. Uning aytishicha, idora endi markazlashgan tuzilma emas. DOGE bajarib kelgan vazifalarning aksariyati OPM zimmasiga o‘tdi.

Departament Trampning ikkinchi muddatida qisqa vaqt ichida hukumat idoralarini keskin qisqartirish, budjedni kamaytirish va faoliyatni Tramp ustuvor yo‘nalishlariga yo‘naltirish uchun tuzilgan edi. Elon Mask bu idoraning ilk rahbari bo‘lgan va uni ijtimoiy tarmoqlarda faol targ‘ib qilgan.

U tarqatib yuborilganidan so‘ng, uning bir necha xodimi yangi tuzilgan Milliy dizayn studiyasiga o‘tgan. Bu studiya Trampning avgustdagi farmoni bilan tashkil etilgan bo‘lib, Airbnb asoschilaridan biri Jo Gebbia boshqaryapti. Uning vazifasi — federal hukumat saytlarini modernizatsiya qilish.

DOGE bir necha oy davomida trillionlab dollar tejalganini da’vo qilgan, ammo bu raqamlar hech qachon mustaqil moliyaviy ekspertlar tomonidan tasdiqlanmagan.

Tramp ma’muriyati DOGE yopilganini ochiq e’lon qilmagan. May oyida Tramp va Elon Mask o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikdan keyin Mask Vashingtondan ketgan. Shundan beri Tramp DOGE haqida ko‘proq o‘tmish sifatida gapiradi.

Oq uy vakili Liz Xaston Tramp hali ham hukumatdagi isrofgarchilik va byurokratiyani qisqartirish siyosatini davom ettirayotganini bildirdi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri AQSh O‘zbekistondagi bir kompaniyani qora ro‘yxatga kiritgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.