Boku biznes markazida portlash bo‘ldi

Foto: APA
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi biznes markazida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda APA nashri xabar bermoqda.

Boku shahrining Narimanov tumanida Ahmad Rajabli ko‘chasidagi bir binoda ertalab taxminan 09:00 da portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida kamida 7 kishi jarohat oldi. Ularning 5 nafari tibbiyot markaziga yetkazilgan.

Jabrlanganlarning biri erkak bo‘lib, tanasida kuyish borligi aytildi. Yana 4 nafar fuqaro — bir erkak va uch ayol — tananing turli qismlaridan ko‘p jarohat olgan. Shifokorlar ularning ahvolini o‘rta og‘ir deb baholamoqda. Davolash ishlari davom etmoqda.

Portlash haqida dastlabki ma’lumotlar Favqulodda vaziyatlar vazirligining 112 xizmatiga kelib tushgan. Shundan so‘ng yong‘in xavfsizligi xizmati, maxsus qutqaruvchilari va Boku mintaqaviy markazi kuchlari voqea joyiga yuborilgan.

Ichki ishlar vazirligi ham hodisa sodir bo‘lgan ofisga tezkor guruh yetib borganini bildirdi. Hudud to‘sib qo‘yildi va xavfsizlik choralar kuchaytirildi.

Portlash sabablari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq berilishi aytilgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Pokistonda zavoddagi portlashda kamida 15 ishchini halok qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.