Si Szinpin Tramp bilan telefon orqali muzokara qildi

Foto: Reuters
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Xitoy rahbari Si Szinpin Donald Tramp bilan telefon orqali gaplashdi. Bu haqda 24-noyabr kuni Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.

Uchrashuv Janubiy Koreyada o‘tgan sammitdan keyingi muzokaralarning davomi bo‘ldi. Tomonlar tenglik, hurmat va o‘zaro manfaat tamoyillariga sodiq qolishga kelishdi. Hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi.

Si Szinpin Tayvan bo‘yicha Xitoyning qat’iy pozitsiyasini tushuntirdi. Uning aytishicha, Tayvanning Xitoyga qaytishi urushdan keyingi xalqaro tartibning muhim qismi.

Suhbatda Ukraina bo‘yicha vaziyat ham ko‘rib chiqildi. Xitoy rahbari barcha tinchlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. U tomonlarni kelishmovchiliklarni yumshatib, adolatli va barqaror tinchlik bitimiga erishishga chaqirdi.

Bundan avval Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Tramp kabi Janubiy Afrikadagi G20 sammitida ishtirok etmasligini bildirgan edi. Xitoy TIV ma’lumotiga ko‘ra, Pekin delegatsiyasiga sammitda Bosh vazir Li Syan rahbarlik qiladi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri AQShda DOGE idorasi muddati tugamasdan tarqatib yuborilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.