Afg‘oniston ko‘mir eksporti Pokistondan O‘zbekistonga yo‘naltiriladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Afg‘oniston ko‘mir eksporti Pokistondan O‘zbekistonga yo‘naltiriladi. Bu haqda bir nechta mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Tolibon rasmiylari Afg‘oniston shimolidan chiqariladigan ko‘mir endi Pokiston orqali emas, balki O‘zbekiston orqali eksport qilinishini e’lon qildi. Balx viloyati hokimi matbuot kotibi Haji Zaidning aytishicha, O‘zbekiston buning evaziga Afg‘onistonga yuqori sifatli sement va farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib beradi.

Bu qaror Pokiston bilan chegaralar yopilgani va savdo to‘xtab qolgani fonida qabul qilindi. Tolibon mintaqaviy sheriklar bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga intilmoqda, ayniqsa Eron va O‘zbekiston bilan hamkorlik faol kuchaymoqda. Rasmiylar avvalroq O‘zbekiston orqali havo yo‘laklari orqali Afg‘onistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo va Yevropaga eksport qilinishini ham ma’lum qilgandi.

Tolibonning iqtisodiy masalalar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari afg‘on tadbirkorlarini savdo va tranzit uchun yangi yo‘nalishlar izlashga chaqirgan. Moliya vazirligi esa Pokiston bilan savdoning to‘xtashi Afg‘onistonning umumiy savdo hajmiga salbiy ta’sir qilmaganini ta’kidlab, bojxona tushumlari barqarorligini bildirgan.

Shunga qaramay, vaziyat bo‘yicha turli fikrlar mavjud. Pokistonning Dawn gazetasining yozishicha, Torxam chegara o‘tish punktining bir oyga yopilishi ikki davlat iqtisodiyotiga 4,5 mlrd dollardan ortiq zarar yetkazgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Pokistondagi xudkush terrorchilar hujumida 6 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.