Munisa Rizayeva o‘g‘lining yuzini ko‘rsatdi

Foto: Rizayeva instagram sahifasi
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Mashhur qo‘shiqchi Munisa Rizayeva o‘g‘lining birinchi tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab, uning yuzini ilk bor namoyish etdi. Bu haqda Showbiz.uz xabar bermoqda.

San’atkor Instagram sahifasida bolasini uyquga yotqizar ekan, samimiy tarzda qo‘shiq aytgan videoni e’lon qildi.

Foto: Videodan ekran tasviri

Video ostidagi izohlarda muxlislar chaqaloqning ko‘rinishini maqtab, uning tashqi qiyofasi turmush o‘rtog‘iga o‘xshashini ta’kidladilar. Munisa Rizayeva esa 24-noyabr kuni Argentinada tug‘ilgan o‘g‘lining ismini hali ham oshkor etmagan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Maryam Tillayeva yana “qovun tushirgani» haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.