Livandagi kuchli suv toshqinlari oqibatida Bayrutni suv bosdi

Foto: UNDRR
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Livandagi kuchli suv toshqinlari oqibatida Bayrutni suv bosdi. Ayniqsa Hay al-Sellom mahallasida suv sathi keskin ko‘tarilib, ko‘chalar suv ostida qoldi va transport harakati izdan chiqdi.

Suv toshqinlari Ouzai yo‘li, Costa Brava–Chevrolet tonneli, Gondoline aylanma yo‘li, Al Rihab–Msharafieh kesishmasi va aeroport yo‘lida ham qayd etilgan. Bu esa bir qator asosiy yo‘nalishlarda tirbandliklar, kechikishlar va xavfli haydash sharoitlarini yuzaga keltirdi.

Kuchli yomg‘irlar oqibatida suv Mehnat vazirligining bosh markazi hovlisiga ham kirib bordi. Bu holat muassasa infratuzilmasiga zarar yetishi va aholining binoga kirib-chiqishda qiyinchilikka uchrashi mumkinligi borasida xavotirlarni kuchaytirdi.

Yomg‘ir davom etayotgani sababli mutasaddi xizmatlar aholiga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni va imkon qadar suv toshgan yo‘llardan chetlab o‘tishni tavsiya qilmoqda.

Qaynoq24.uz Vyetnamda suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 90 taga yetgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.