“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stajirovka tashkil etiladi

Foto: “El-yurt umidi”
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stajirovka tashkil etiladi. Nomzodlarni saralash Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Buyurtmachi tashkilotlar har yili 10 noyabrgacha kadrlar tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojlari bo‘yicha lavozim va yo‘nalishlar kesimida Agentlikka ma’lumot taqdim etadi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Boshqaruv kengashi esa 15 yanvargacha stajirovka dasturining xorijiy davlatlar bo‘yicha kvotalarini tasdiqlaydi.

Nomzodlar ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi talablar inobatga olinadi: mutaxassisligi bo‘yicha kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi, shu jumladan so‘nggi bir yil davomida ayni sohada faoliyat yuritgan bo‘lishi; davlat tilini bilishi; stajirovka o‘tashi rejalashtirilgan xorijiy tashkilotdan shartsiz taklifnomaga ega bo‘lishi.

Saralash jarayoni test sinovlari va suhbat bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Test natijasida 71 foiz va undan yuqori ball olgan nomzodlar suhbatga taklif etiladi.

Saralashda g‘olib deb topilgan mutaxassislar “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Agentlik, buyurtmachi tashkilot va moliyaviy kafil o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida stajirovkaga yuboriladi.

Qaynoq24.uz “El-yurt umidi” stipendiyasini olish tartibi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.