Markaziy bank tomonidan 1-dekabr kuni uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dollar 38,65 so‘mga oshib, 11 940,95 so‘m etib belgilandi. Yevro esa 34,01 so‘mga ko‘tarilib, 13 814,49 so‘m bo‘ldi.
Rubl kursi 0,5 so‘mga oshib, 152,68 so‘mni tashkil etdi. Funt sterling 45,1 so‘mga ko‘tarilib, 15 772,80 so‘mga yetdi.
Shuningdek, yapon iyenasi 0,26 so‘mga oshib, 76,38 so‘m bo‘ldi. Shveysariya franki 33,28 so‘mga ko‘tarilib, 14 807,73 so‘m etib belgilandi.
Xitoy yuani 7,32 so‘mga oshib, 1 687,72 so‘mni tashkil etdi.
Qaynoq24.uz 28-noyabr kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.


Dollar yana tushyaptimi oshyaptimi