Rossiya WhatsApp’ni to‘liq bloklamoqchi

Foto: Pixabay
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Rossiya Axborot nazorati xizmati (RAN) WhatsApp messenjeri mamlakat hududida to‘liq bloklashi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda DW xabar bermoqda. Regulyatorning ta’kidlashicha, servis Rossiya qonunlarini buzishda davom etmoqda va jinoyat faoliyatida qo‘llanilmoqda.

RANning bayonotida aytilishicha, WhatsApp terrorizm faoliyatini uyushtirish, ishtirokchilarni yollash, firibgarlik va boshqa jinoyatlarga aralashishda foydalanilgan. Shu sababli regulyator bosqichma-bosqich yangi cheklovlarni joriy etmoqda hamda foydalanuvchilarga mahalliy messenjerlarga o‘tishni tavsiya qilgan.

Shu bilan birga, yuqori martabali rossiyalik amaldorlar hali ham WhatsApp’dan foydalanishda davom etayotgani ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, prezident yordamchisi Yuriy Ushakov yaqinda o‘zining WhatsApp orqali AQSH vakili bilan muloqot qilganini tasdiqlagan.

RAN ma’lumotiga ko‘ra, 28 noyabr tongida Rossiya hududida WhatsApp’da yana uzilishlar qayd etilgan. Avvalroq, 2025-yil avgustida ham Roskomnadzor WhatsApp va Telegram qo‘ng‘iroqlarini bloklagan edi. Oktyabr oyida janubiy hududlarda kuzatilgan uzilishlar ham “jinoyatchilarga qarshi choralar” bilan izohlangandi.

Regulyator Telegram va WhatsApp firibgarlik, bosim o‘tkazish, noqonuniy guruhlarga jalb qilish kabi holatlarda qo‘llanilayotganini ta’kidlagan. RANning fikricha, servis egalari bu kabi faoliyatga qarshi kurashish bo‘yicha talablarni bajarmagan.

Qaynoq24.uz Daniya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchiligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.