O‘FA rahbariyati hamda Turkiyaning “KOC Construction” kompaniyasi vakillari Yangi Toshkent stadioni uchun qurilish loyihasini muhokama qildi. Uchrashuv davomida loyiha taqdimoti tinglanib, arxitektura va texnik yechimlar batafsil ko‘rib chiqilgan.
Assotsiatsiya rahbariyati mavjud chizmalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib, ayrim texnik yo‘nalishlarni takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Loyihaning FIFA va OFK talablariga to‘liq mos bo‘lishi, muxlislar uchun xavfsiz kirish-chiqish yo‘laklari, keng avtoturargoh infratuzilmasi, shuningdek, stadion atrofi uchun zamonaviy restoran va ovqatlanish maskanlari barpo etilishi bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi.

Shu bilan birga, o‘yinoldi tashkiliy jarayonlari, media xodimlari uchun zamonaviy sharoitlar, tibbiyot bo‘limlari va boshqa funksional zonalarni xalqaro standartlarga moslashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Qaynoq24.uz Toshkentda 55 ming o‘rinli stadion qurilishi haqida yozgan edi.

