Farg‘onada qariyb 1 kg givohvandlik moddasi fosh qilindi

Foto: "Xavfsizlik"
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Farg‘onada giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi, Bu haqda “Xavfsizlik” kanalida ma’lum qilindi. Qariyb 1 kg givohvandlik moddasi fosh qilindi.

Farg‘ona viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Natijada, giyohvandlik moddalarini noqonuniy saqlash va sotish bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olindi.

Marg‘ilon shahrida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan fuqaroning “Matiz” rusumli avtomobili belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv vaqtida mashina salonidan 866 gramm “gashish” moddalari topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi ushbu moddani keyinchalik sotib, daromad qilishni rejalashtirgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 orqali 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud uni qamoq ehtiyot chorasi bilan qoldirdi. Hozirda tergov davom etmoqda.

Yana bir tezkor tadbir davomida Farg‘ona va Andijon shaharlarida yashovchi shaxslarning kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgani haqida ma’lumot olingan. DXX, IIB va Bojxona xodimlari Farg‘ona shahrida ularni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi.

Natijada, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi ikki nafar shaxs xaridor bilan kelishilgan vaqtda qo‘lga olindi. Ular Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 4508 dona “Regapen” preparatini 12 800 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan.

Ularning ishiga Jinoyat kodeksining 28 orqali 246-modda 1-qismi va 251- prim1 modda 5-qismi bilan baho berilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz uchta hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.