Realme P4x 5G va Realme Watch 5 qurilmalari Hindistonda 4-dekabrda taqdim etiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Realme P4x 5G uch xil xotira konfiguratsiyasida sotuvga chiqadi. Smartfon 170 dollardan boshlanadi.
Qurilma 6,72 dyuymli FHD+ LCD displeyga ega bo‘lib, 144Hz yangilanish tezligi va 1000 nit maksimal yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. U Dimensity 7400 Ultra 5G chipi bilan ishlaydi, 18GB dynamic RAM (8GB + 10GB virtual RAM) va 256GB UFS 3.1 xotira bilan ta’minlangan. AnTuTu testi natijasi 780000 dan yuqori.
Telefon 5300 mm² VC FrostCore sovutish tizimi, 7000 mAh batareya va 45W tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Orqa kamera 50MP AI sensoriga ega bo‘lib, 4K video yozishni ta’minlaydi. Qurilma harbiy darajadagi bardoshlik sertifikatiga ega.

P4x 5G raqobatchilarga nisbatan yaxshiroq chipset, yuqori AnTuTu ko‘rsatkichlari, tezkor ilova ishga tushirish va past haroratni kafolatlaydi. Telefon BGMI’da 90 FPS ni qo‘llab-quvvatlaydi va batareya bilan uzoq o‘yin, internet va YouTube ishlatishni ta’minlaydi. Qurilma yashil, kumush va pushti ranglarda sotuvga chiqadi.
P4x 5G Hindistonda o‘rta narx segmentida quvvatli va bardoshli smartfon sifatida taqdim etiladi, ilg‘or texnologik imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Qaynoq24.uz Realme 16 Pro smartfoni qanday xususiyatlar bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

