G‘azoda halok bo‘lganlar soni 70 mingdan oshdi

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

G‘azoda halok bo‘lganlar soni 70 mingdan oshdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. 350 dan ortig‘i 10-oktabr sulhidan keyin sodir bo‘lganini ta’kidlanmoqda.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning harbiy amaliyoti boshlangandan buyon halok bo‘lgan falastinliklar soni 70 100 nafarga yetgan. Ma’lumotlar BMT va xalqaro tashkilotlar tomonidan ishonchli deb qabul qilinsa-da, Isroil ular bilan rozi emasligini bildirmoqda.

10-oktabrdan kuchga kirgan sulhga qaramay, hududda o‘limlar soni oshishda davom etmoqda. Isroil sulh buzilgani bois zarbalar berilganini aytmoqda. Shu vaqt ichida vayronalar ostidan ham ko‘plab jasadlar topilmoqda.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi o‘limlarning 350 dan ortig‘i 10-oktabr sulhidan keyin sodir bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari 2023-yil 7-oktabrda Hamasning janubiy Isroilga uyushtirgan hujumidan so‘ng boshlangan edi. O‘sha hujumda 1 200 kishi halok bo‘lgan, 251 kishi esa garovga olingan.

Qaynoq24.uz Hamas siyosiy partiya bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.