Toshkent viloyati Nurafshon shahrida hokim yordamchisi qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.
Nurofshon shahridagi mahallalardan birida faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi Toshkent shahrida yashovchi fuqaroga tanish mansabdorlar orqali Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasiga ishga joylab qo‘yishni va’da qilgani aytilmoqda. U buning evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda hokim yordamchisi so‘ralgan pulni tanishlari orqali olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, u avval ham bir necha bor sudlangan bo‘lib, qilgan ishlaridan yetarli xulosa chiqarmagan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Qaynoq24.uz Samarqandda fuqaro qo‘shnisining yuk mashinasiga o‘t qo‘ygani haqida yozgan edi.

