Gonkongda uch kunlik motam e’lon qilindi

Foto: Reuters
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Xitoyning Gonkong shahrida uch kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Shahar hukumati 80 yildagi eng qonli yong‘in qurbonlarini yod etish maqsadida uch kunlik motam boshlanishini e’lon qildi. Rasmiy marosimda shahar rahbari Jon Li va boshqa amaldorlar uch daqiqalik sukut saqlashdi. Xitoy va Gongkong bayroqlari yarim tik ko‘tarildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Yong‘in natijasida kamida 128 kishi halok bo‘ldi, 83 kishi jarohatlandi, 150 kishi esa hanuzgacha yo‘qolgan. Yong‘in Wang Fuk Courtdagi yetti minoraga tarqaldi va uni nazoratga olish uchun 2 000 dan ortiq yong‘in o‘chirish xodimlari deyarli ikki kun harakat qildi.

Hozircha yong‘inning aniq sababi ma’lum emas, ammo rasmiylar minoralarning tashqi qismiga o‘rnatilgan yonuvchan polistirol va plastik to‘rlarning tarqalishni tezlashtirgani, shuningdek, bambuk skaffoldlaridan foydalanilgani sabab bo‘lganini aytmoqda. Yong‘in bloklarni ta’mirlash ishlari davomida sodir bo‘lgan va shu sababli 8 kishi poraxo‘rlikda, 3 kishi esa qasddan odam o‘ldirishda gumon qilinib hibsga olindi.

Qaynoq24.uz Gonkongdagi osmono‘par binoda yirik yong‘in yuz bergani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.