O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 2-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ko‘pchilik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq – 1° iliq, kunduzi 12–14° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 3° sovuq – 2° iliq, kunduzi 7–12° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim hududlarda tuman kuzatiladi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq – 3° iliq, kunduzi 10–15° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zan tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 2° sovuq – 3° iliq, kunduzi 10–15° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo ochiq, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 0–5° iliq, ba’zi joylarda 2° gacha sovuq, kunduzi 13–18° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 5–10 m/s esadi. Harorat kechasi 2° sovuq – 3° iliq, kunduzi 8–13° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 2° sovuq – 3° iliq, kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi.
Qaynoq24.uz qishda ob-havo qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.

