Guliston shahrida yuz bergan yong‘in sababli bir kishiga jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Sirdaryo viloyat IIB xabar bermoqda.
Joriy yilning 2-dekabr kuni Guliston shahri, “Taraqqiyot” mahallasi hududida joylashgan ovqatlanish shoxobchasining oshxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga hodisa haqida soat 10:49 da xabar kelib tushgan. Tezkor choralar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Shu bilan birga, voqea yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxs protsessual tartibda hibsga olindi.
Hozirda ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda, qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz Andijon tumanida yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

