Toshkentda 17 kg sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatishga uringan jinoiy guruh fosh etildi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkentda 17 kg sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatishga uringan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Toshkent shahrida giyohvand moddalarni tarqatishga uringan jinoiy guruh aniqlanib, to‘xtatildi. Dastlab, 32 yoshli shaxs boshqaruvidagi «Cobalt» avtomobilidan 83 gramm mefedron topildi.

Foto: IIV

Tadbir davomida Yunusobod tumanida 3 nafar 18 yoshli shaxs qo‘lga olindi. Ularning qo‘lidan 730 dona qadoqlangan mefedron, ijara uylaridan esa 354 dona bo‘lakka o‘ralgan Alfa PVP hamda 500 gramm mefedron aniqlandi.

Shuningdek, guruhning asosiy ombor mudiri va uning xotinidan yashash joyida 4,2 kg Alfa PVP va 9 kg mefedron topildi. Tezkor tadbirlar davomida jami 17 kg sintetik giyohvandlik vositalari, shuningdek, bir martalik 85 ming dozaga teng moddalar tarqatilishining oldi olindi.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumonlanuvchilarga nisbatan esa qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Qaynoq24.uz 263,4 million so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holati fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.